OUR SITE FEATURES

Multilingual

Kitoblar yoningizda bo‘lmasa ham, bilim qo‘lingizda. Uydamisiz, safardamisiz — telefon orqali ta’lim olasiz. O‘zingiz bilan o‘sadigan imkoniyat — endi bu real!

Online Study

Kechqurun ishlayapsizmi? Endi o‘qishni hayotingizga moslab olib borasiz. Siz jadvalga emas, jadval sizga moslashadi!

Community Support

Masofaviy ta’lim sizni nafaqat fanga, balki bugungi raqamli hayotga tayyorlaydi. Google Classroom, Zoom, LMS platformalar — bular sizning yangi ish qurollaringiz!

Responsive Design

Ortiqcha xarajat yo‘q — bilimga yo‘naltirilgan vaqt va mablag‘ sizning eng yaxshi investitsiyangiz bo‘ladi. Tejamkor, lekin yuqori sifatli ta’lim — aynan siz uchun!


About Us

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida (2020-yil 23-sentabrdagi yangi tahrir) masofaviy ta’lim rasmiy ta’lim shakllaridan biri sifatida belgilangan. Bu esa bilim olish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek:
“Yoshlarimiz bilimli, zamonaviy texnologiyalarni puxta egallagan bo‘lishi kerak. Ana shundagina biz taraqqiyotga erishamiz.”

Namangan davlat universitetida aynan shu maqsadlarni hayotga tatbiq etish yo‘lida masofaviy ta’lim shaklini joriy etish rejalashtirilmoqda. Ushbu platforma ayni damda sinov tariqasida faoliyat yuritmoqda hamda foydalanuvchilardan kelib tushayotgan fikr va takliflar asosida takomillashtirib borilmoqda.

Masofaviy ta’lim — yoshlar uchun qulay, tejamkor va zamonaviy bilim olish yo‘nalishidir. Bu tizim nafaqat vaqt va mablag‘ni tejaydi, balki shaxsiy rivojlanish va raqamli savodxonlikni ham oshiradi.