Mazkur fanning maqsadi talabalarga ilmiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish, ilmiy matn va uning turlari, har bir matnda aks etishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar, turli axborotlar, ijt imoiy-siyosiy hayotga doir hamda o‘z mutaxassisligiga oid terminlar, ularni tanlash va qo‘llashdagi o‘ziga xos xususiyatlar haqida ma’lumot berishdan iborat.

      Fanning vazifasi talabalarga o‘z sohasi doirasidagi so‘z va terminlarning shakllanishi, tilimizga qanday shakllarda kirib kelishi va qo‘llanishi, matnlarning tuzilishi va turlari, uni tahrir qilish, dastlabki ilmiy ishlarni yozishga o‘rgatishdan iborat.